Onam desam
Ko`zimda yosh aylanar
Alam bilan bo`g`zimga tosh boylanar
Yomg`ir bo`lib, kuylamoqqa shaylanar
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Ko`hna dunyo
Seni ona tug`madimi?
Onasizlik bo`g`zingdan yo bo`g`madimi?
Keng bag`ringga bitta onam sig`madimi?
Onam qani
Yupatuvchi onam qani?
Yolg`onchi dunyo ekan, onam
Yaxshilarga joy yo`q, onam
O`rningiz jannatlarda, onam
Mehribonim onam, onam
Yolg`onchi dunyo ekan, onam
Sizni juda sog`indim, onam
Yo`qligingiz menga qilar alam
Beozorim onam, onam
···Music···
Tushlarimga bir borgina kiring, ona
Uyga qachon kelasan deb urushing, ona
Sizsiz endi keng bu dunyo z****txona
Dunyolarim yorituvchi onam qani?
Yolg`onchi dunyo ekan, onam
Yaxshilarga joy yo`q, onam
O`rningiz jannatlarda, onam
Mehribonim onam, onam
Yolg`onchi dunyo ekan, onam
Sizni juda sog`indim, onam
Yo`qligingiz menga qilar alam
Beozorim onam, onam
···Music···
Onam desam, ko`zimda yosh aylanar
Alam bilan bo`g`zimga tosh boylanar
Yomg`ir bo`lib, kuylamoqqa shaylanar
Onam qani
Yupatuvchi onam qani?
Onam qani
Yupatuvchi
Onam qani?