作词 : Xamdam Sobirov
作曲 : Xamdam Sobirov
Bilmam nechun yurak bo`ysunmayapti, yo`q-yo`q,
To`xtab-to`xtab uraverar, tanam qizib ketaverar.
Esgan shamol endi esmaydi, yo`q-yo`q,
Yomg`ir, do`llar yog`averar, tanam sovib ketaverar.
Seni menga bermadilar, yor-yor,
Chin sevgimni bilmadilar, yor-yor.
Baxtni emas, taxtni tanladilar, yor-yor,
Ahdni emas, naqdni tanladilar, yor-yor.
Music
Kelin bo`lib ketding ostonadan, yor-yor,
Farqim qolmadi, bir qara, devonadan, yor-yor.
Oy yuzlaringni qizg`onaman begonadan, yor-yor,
Boy bo`lsam bo`lmasmidi, tuyg`ular o`lmasmidi,
Boshqaga bermasmidi, yor-yor.
Seni menga bermadilar, yor-yor,
Chin sevgimni bilmadilar, yor-yor.
Baxtni emas, taxtni tanladilar, yor-yor,
Ahdni emas, naqdni tanladilar, yor-yor.
Yurakda alam bor, sendan qolgan dog`lar bor,
Yurakda alam bor, sendan qolgan dog`lar bor.