作词 : voked/Losfier
作曲 : voked/Losfier
编曲 : voked
Atrofimda ko’nglim suygan,
Do’stlarim bor, ko’nglimda g’am.
Tasvirlangan yuzda quvonch,
Yashiringan ko’zimda nam. (x2),
Afsusdaman endi o’zim,
Senga aytgan so’zlarimdan,
Yuragimni ezib-ezib,
Ko’z uzmading ko’zlarimdan.
Qaramagin ko’zlarimga,
Ko’zlaring begona endi.
Begona bo’ldi bu dunyo,
Senday yagonam yo’q endi.
So’ramagin ahvolimni –,
Yuragim g’amxona endi,
Seni sevgan oshiq yigit –,
Hofizi-devona endi.
Seni sevgan oshiq yigit –,
Hofizi-devona endi.
Oydan oydin, guldan g’ozal,
Oy jamoling g’am ko’rmasin, (x2),
Yarashibdi oppoq libos,
Baxtingga hech ko’z tegmasin.
Afsusdaman endi o’zim,
Senga aytgan so’zlarimdan,
Yuragimni ezib-ezib,
Ko’z uzmading ko’zlarimdan.
Qaramagin ko’zlarimga,
Ko’zlaring begona endi.
Begona bo’ldi bu dunyo,
Senday yagonam yo’q endi.
So’ramagin ahvolimni –,
Yuragim g’amxona endi, (seni sevaman),
Seni sevgan oshiq yigit –,
Hofizi-devona endi. (seni sevaman),
Seni sevgan oshiq yigit –,
Hofizi-devona endi. (seni sevaman),
(Seni sevaman… Seni sevaman…)。
滚动歌词:VK-ABDLM