作词 : Hilola Samirazar/DENGIZ KILIÇ
作曲 : Hilola Samirazar
Xayolim joyidamas,
aqldan ozdim,
To`g`ri yo`l tanlamadim,
baxtimdan qochdim.
Hiylayu-fitnalarga yuragimdan joy berdim
Nahotki qo`limdagi omadimni boy berdim
Nimalar yo`qotdim,
nimalarni topdim,
Orzularim yo`lini birin-ketin yopdim.
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona,
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona.
Qaytadimi hayotimga men yo`qotgan bahorlar,
Aytadimi suyukligim qulog`imga izhorlar
Kulsam, endi meni yig`latmanglar,
Yerda yursam, bas yashashni menga o`rgatmanglar
To`rt devor orasidaman, olib ket, olib ket,
Qara, men jar yoqasidaman olib ket, olib ket,
Endi kimlar qafasidaman olib ket, olib ket, olib ket.
Qani endi hammasini oq qog`ozdan boshlasam,
Bu holatda bo`lmasmidim to`g`ri qadam tashlasam
Kim aslida kimligini hozirgidek bilsaydim,
Ko`zlariga qarab turib, yolg`onlarin ko`rsaydim.
Yaqin insonlarimni, qadrimni yo`qotmasdim
Ikki dunyo xiyonatning botqog`iga botmasdim.
Balki bu sinovmi yoki taqdir peshona,
Meni ado qilmasaydi shu kichkina xona.
Qaytadimi hayotimga men yo`qotgan bahorlar,
Aytadimi suyukligim qulog`imga izhorlar?
Kulsam, endi meni yig`latmanglar,
Yerda yursam, bas yashashni menga o`rgatmanglar.
To`rt devor orasidaman, olib ket, olib ket,
Qara, men jar yoqasidaman olib ket, olib ket,
Endi kimlar qafasidaman olib ket, olib ket, olib ket.