Hayajoning yo'q yuraging zarbida
Balki nedir bor qalbingning qalbida
O'zgachasan bugun sevgim oldida
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq
Shuncha sevdim, sevganlarim kam bo'ldimi
Ne xohlasang, paydo qildim kam bo'ldimi
Aytolmaganlaring oxir jam bo'ldimi
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq
Uyalma, aytaqolgin istadingmi, ketaqolgin
Sen bemalol kelaqolgin, "Ayriliq"
Vafo ~ Ne ekanligin bilmabsan
Bevafo ~ Balki jimgina kulyapsan
Dilrabo ~ Menga armon bo'lyapsan
Bir davo ~ Ko'rmay ravo ketyapsan
♬~ Musiqa ~♬
Endi bildim har bir so'zing yolg'on ekan, yolg'on
Mehr bilan boqqan ko'zing yolg'on ekan, yolg'on
Seni sevib aldandimmi, zahrin sochar armon
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq
Sen eding qalbim keragi
Orzuyim tanho tilagi
Sen eding qalbim keragi
Orzuyim tanho tilagi
Tugar sevgimning ertagi
Tugar sevgimning ertagi
Yaqinlashib kelmoqdami ayriliq
Uyalma, aytaqolgin istadingmi, ketaqolgin
Sen bemalol kelaqolgin, "Ayriliq"
Vafo ~ Ne ekanligin bilmabsan
Bevafo ~ Balki jimgina kulyapsan
Dilrabo ~ Menga armon bo'lyapsan
Bir davo ~ Ko'rmay ravo ketyapsan
Vafo ~ Ne ekanligin bilmabsan
Bevafo ~ Balki jimgina kulyapsan
Dilrabo ~ Menga armon bo'lyapsan
Bir davo ~ Ko'rmay ravo ketyapsan
♬~ Musiqa ~♬