作词 : Anvar G'aniyev
作曲 : Anvar G'aniyev
Sizlarga bir voqeani aytib bermoqchiman
Bu voqea qaysidir qishloqda
Sodir bo'lgan ekan
Bir qiz bilan yigit
Bir-birlariga ko'ngil qo'yishib
Umrlarining oxirigacha birga bo'lishga
Ahdu-paymon qilishibdi
Shu orada yigit shaharga
O'qishga bormoqchiligini
Hamda xonanda bo'lib
Elga xizmat qilish orzusi
Borlgini qizga aytibdi
Qiz ham bunga rozi bo'libdi
Yigit: Sevgilim
Men o'qishni bitirib kelgach
Biz albatta birga bo'lamiz
Katta to'yu-tomosha qilib
Turmush quramiz
Biz baxtli bo'lamiz, debdi
Qiz ham yigitning bu gaplariga
“Ha” deb javob beribdi
Yigit shaharga ketgandan so'ng
Oradan bir muncha vaqt o'tib
Qizning uyiga ko'p joylardan
Sovchilar kela boshlabdi
Qiz kelgan sovchilarga
Rad javobini beribdi
Lekin sovchilarning ichidan
Bir boy yigitga turmushga
Chiqishga rozilik beribdi
Taqdirning taqozosini qarangki
Kuyovning otasi kelin bo'layotgan
Qizning ahdu-paymon qilgan
Yigitining yoniga borib
Shu to'yda qo'shiq aytib
Berishini iltimos qilibdi
Yigit ham bo'lib o'tgan
Voqealardan bexabar xo'p bo'ladi
Xizmat qilib beraman deb rozi bo'libdi
To'y boshlanibdi
Karnay-surnaylar chalinib
Kelinni yor-yorlar sadosi
Ostida to'yxonaga olib kelishibdi
Shunda yigit ne ko'z bilan ko'rsinki
Sevgan yori kelin bo`lib
Kirib kelayotganmish
Qizning ko'zi ham yigitga tushibdiyu
Nigohlar bir lahza qotib qolibdi
Yigitning ko'ziga dunyo
Qorong'ulashganday tuyulib
Ko'zlarida yosh ila
Shu qo'shiqni boshlabdi:
♪~Musiqa~♪
Kuylayurman nomus bilan or bilan
Yurak to'la armon bilan zor bilan
Zor titragan qo'limdagi tor bilan
Kuyar bo'lsam kuydim ko'ngil ko'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
Ko'ngil ichra go'yo gavhar topgandim
Topgunimcha ortidan zor chopgandim
Yillar hijron azobini totgandim
Shirin hislar qoldi anhor bo'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
Oy yuz yor, yig'latdingku zor-zor
Bevafo oy yuz yor, yig'latdingku zor-zor
Aylab meni xor-xor, dildor
♪~Musiqa~♪
Dilim vayron vayron ko'ngil koshonam
Torim yig'lar yig'lar sevgim nishonam
Taqdir ekan na qilay sho'r peshonam
Yolg'iz qolsam nahot hijron o'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
Ko'ksim xanjar tilsa parvo qilmasdim
Biz g'aribdan yor kechganin bilmasdim
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim
Tillo uzuk yaltiraydi qo'lida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
O'zim hofiz sevgan yorim to'yida
Oy yuz yor, yig'latdingku zor-zor
Bevafo oy yuz yor, yig'latdingku zor-zor
Aylab meni xor-xor, dildor