作词 : Sardor Mamadaliyev
作曲 : Sardor Mamadaliyev
Kuldimikan armonlarim kuldimikan
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan
Ketarkansan hayotimga kelding nega
Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega
Kuldimikan armonlarim kuldimikan
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan
Ketarkansan hayotimga kelding nega
Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega
Kuldimikan armonlarim kuldimikan
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan
Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar
Senga cho'llar kerakmidi, issiq qumlar
Mening bog'im senga kamlik qildimikan
Bu jumboqni vaqtga soldim yechar deya
O'ylamasdim bir kun mendan kechar deya
Xayollarim xotirjamlik qildimikan
Kuldimikan armonlarim kuldimikan
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan
♬~Musiqa~♬
Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi
Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi
Fig'onlarim zor yig'latur mungli torni
Olis yo'llar olis yo'llar, olis makon
Izlaringni sog'indim yor-qadrdon
Sen eslamay, xotirang pand berdimikan
Kuldimikan armonlarim kuldimikan
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan
♬~Musiqa~♬