Bekzod Haqqiyev
Muhabbat sarson bo`ldi,
Ko`ngil narxi arzon bo`ldi,
Gulbahorlar xazon bo`ldi,
Yuragimni qaytib ber.
Muhabbat sarson bo`ldi,
Ko`ngil narxi arzon bo`ldi,
Gulbahorlar xazon bo`ldi,
Yuragimni qaytib ber.
Qiynoqlarga solgin mayli,
Sevgim tortib olgin mayli,
Dil armonim sen tufayli,
Yuragimni qaytib ber.
Endi qaytib sog`inmayman,
Ishqingda ham og`rinmayman,
Senga boqib ovunmayman,
Yuragimni qaytib ber.
Muhabbating yolg`on ekan,
Tafti to`la armon ekan.
Meni qaytib sog`inmagan
Yuragimni qaytib ber.
Ko`zlarimdan olib ko`zing,
Mayli aytib achchiq so`zing,
Begonamas faqat o`zing
Yuragimni qaytib ber.
Alamlarda qiynalaman,
Hijronlarda ko`p yonaman,
Sensizlikka o`rganaman,
Yuragimni qaytib ber!
Sensizlikka o`rganaman,
Yuragimni qaytib ber!
Yuragimni qaytib ber…
Yuragimni qaytib ber…