Manziliga eson-omon boribdimi,
Joyi yumshoq, choyi issiq turibdimi?
Bolam uzoqlarda yaxshi yuribdimi,
Nigohlari havotirga ko`chgan onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Onam, Onam, Onam, Onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Onam, Onam, Onam, Onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Bulut bo`lsam, ko`kga qo`lim yetgunicha,
Daryo bo`lsam, suvi qurib ketgunicha,
Hamma ulfat ekan ishi bitgunicha,
Davlat topsam, xayolimdan o`chgan onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Onam, Onam, Onam, Onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Onam, Onam, Onam, Onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
《So'zlari...》
Ko`rdim, ko`zlar aldaganin bir-birini,
Ko`rdim, do`stlar sotganini do`st sirini,
Ko`rdim, tilda yurgan yolg`onchilar zo`rini,
Fikr qildim, qalbimga nur sochgan – onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Onam, Onam, Onam, Onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.
Onam, Onam, Onam, Onam,
Bizni deya dunyolardan kechgan onam.