作词 : Xamdam Sobirov
作曲 : Xamdam Sobirov
Hayotim go‘yoki kulgili bir manzara
Insonmiz, hayvondan farqimiz yo‘q, bir qara
Yashayman bemalol, foydamdan zararim ko‘p
Aqlim yetmagan ishga nechun ayt talabim ko‘p
Chiqolmasam cho‘qqiga, osilmoqlik ne kerak
Tosh otib ayt birovga, gunoh botib ne kerak
O‘ylama, sen o‘ylagandek bo‘lmaydi hech nima
Jazosiz qolmaysan orttirib ham birnima
Yig‘lasam, yupatmadingku
Baxt yo‘lidan olib bormadingku
Qo‘limdan yetaklab, gullar berib
Men seni sevaman, deb aytmadingku
Zanjirlangan bu yurak urar
Nega meni tushunmaydilar
Sevmadilar, men sevdim
Bir yo‘qlab qo‘ymaydilar
Zanjirlangan bu yurak yara
Nega meni tushunmaydilar
Sevmadilar, men sevdim
Bir yo‘qlab qo‘ymaydillar
Mana-mana, mana endi hafsala ortar
Tanadagi jon bo‘g‘zimdan tortar
Yuguraman-o osmondan uzoq
Manzili yo‘q bu qasddan tuzoq
Har kuni pullar, gullar
Yonidagi dumlar, qaramay yo‘q ortiga zimdan
Maishatning oxiri yo‘qdir
Maqsadi bor, lek foydasi yo‘qdir
Yaralangan dillar bo‘ldi
Kimlar yig‘lab, kimlar kuldi
Oradan ko‘p vaqtlar o‘tmay
Bir-biridan zo‘r, ustun bo‘ldi
Kishanga solindi qo‘llar
Qani endi orqaga qaytarib bo‘lsa
G‘aflat, pullar – kullar, kimlar, zo‘rlar
Endi yordam bermadi pullar
Yig‘lasam, yupatmadingku
Baxt yo‘lidan olib bormadingku
Qo‘limdan yetaklab, gullar berib
Men seni sevaman, deb aytmadingku
Zanjirlangan bu yurak urar
Nega meni tushunmaydilar
Sevmadilar, men sevdim
Bir yo‘qlab qo‘ymaydilar
Zanjirlangan bu yurak yara
Nega meni tushunmaydilar
Sevmadilar, men sevdim
Bir yo‘qlab qo‘ymaydilar
Yig‘lasam, yupatmadingku
Baxt yo‘lidan olib bormadingku
Qo‘limdan yetaklab, gullar berib
Men seni sevaman, deb aytmadingku